Mening shahrim

Jizzax shahri

1926 yilda tashkil etilgan.

Jizzax viloyatining ma’muriy markazi hisoblanadi.

Maydoni –  0,100 ming.kv.km. (9640 ga) shundan:

qishloq xo’jalik yerlari – 3517 ga, ball-boniteti – 44,7 ball;

aholi turar joylari, tomorqa yerlari- 1333 ga, avtomobil yo’llari – 243 ga, o’rmonlar – 49 ga, ijtimoiy obyektlar, ko’chalar – 233 ga, boshqa yerlar (daryolar, sanoat hududlari,elektr uzatgich tarmoqlari) – 4265 ga.

Aholisi – 160,3 ming.kishi.

Millatlar tarkibi: o’zbeklar – 87,8% (140,7 ming kishi), ruslar – 3,9% (6,3  ming  kishi), tojiklar – 1,7% (2,72 ming kishi) va boshqalar – 6,6% (10,6 ming kishi).

Jizzax  (80 km) va G’allaorol (12 km) tumanlari bilan chegaradosh.

Shahar mahalliy byudjeti dotatsion emas.

Shahar xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan.

Ishlab chiqarish korxonalari (10): “Jizzax akkumulyator” zavodi (akkumulyator batareyalari ishlab chiqarish), «Jizzaxplastmassa» (plastmass maxsulotlari ishlab chiqarish), «Jizzaxdonmaxsulotlari» (un maxsulotlari ishlab chiqarish) va boshqalar.

Qo’shma korxonalar (32): «Yevroaziya karpet» (gilam ishlab chiqarish), IP «Zamonaviy polimerquvur» (polietilen quvurlar), «Forij-tekstil» (ip-kalava) va boshqalar.

Sanoat mahsulotlari hajmi – 181,2 mlrd.so’m, 2010 yilga nisbatan o’sish ko’rsatkichi- 125,2 %.

Kichik biznes subyektlari – 2560 ta (shu jumladan 38 ta fermer xo’jaliklari, fermer xo’jaliklari maydoni o’rtacha – 38 ga).

Baliqchilik -5 ta, parrandachilik -4 ta, asalarichilik -2 ta, issiq xonalar -11 ta.

10501 ta yangi ishchi o’rinlari yaratilgan.

Leave a Reply